Talaba laboratoriya ishini bajarishda quyidagi qoidalarga rioya qilishi kerak:
Laboratoriyada ishlaganda ozodalikka, saranjomlikka, tinchlikka va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.
Mashg’ulot paytida talaba yakka o`zi tajriba o`tkazish mumkin emas.
Tajribani o`qituvchining ijozati bilan boshlash lozim.
Har bir laboratoriya ishi uchun lozim bo`lgan o’lchagich va asboblar shu ishga tegishli joyda bo`lishi kerak.
Laboratoriya ishini bajarishda elektr quvvati zarur bo`lganda undan foydalanish qoidalariga amal qilish lozim.
Har bir laboratoriya ishiga tegishli qurilma, asboblar laborant va o`qituvchi tomonidan tekshirilishi kerak.
Har bir talaba o`ziga topshirilib bajarilishi lozim bo`lgan ish yonida bo`lishi kerak.
Tajriba ishi tugatilgandan so`ng talaba olingan natijalarni o`qituvchiga ko`rsatishi shart va laboratoriya ishiga tegishli bo`lgan asbob va buyumlarni laboratoriya o’qituvchisiga topshirishi kerak.